17:55 “Forbes” dunyoning eng boy ayollari reytingini e’lon qildi | |
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng badavlat ayollar o‘ntaligini o‘tgan yilgi kabi “L’Oreal” kompaniyasini meros qilib olgan Fransuaza Betankur Mayers boshqaradi. Nashr uning boyligini 74,8 milliard dollarga baholamoqda. Betankur Mayersgacha uning onasi Lilian Betankur dunyoning eng boy ayoli bo‘lgan, vafotidan keyin Fransuaza kompaniyadagi onasining ulushini meros qilib olgan. Ikkinchi o‘rin “Walmart” asoschisi Sem Uoltonning qizi Elis Uoltonга nasib qildi. Uning boyligi 65,3 milliard dollarga baholangan. So‘nggi bir yilda Uolton xonimning boyligi 3,5 milliard dollarga oshgan. U ketma-ket ikkinchi yil reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Milliarder ayollar uchligini Julia Koch yakunladi. U va uning farzandlari “Koch Industries” kompaniyasining 42 foiziga egalik qiladi. Juliya tadbirkor Devid Kochning bevasi. O‘tgan yildan beri u reytingda bir pog‘onaga ko‘tarildi. Bundan tashqari, dunyodagi eng boy ayollar o‘nligida qatorlar quyidagicha taqsimlangan: 4. Makkenzi Skott, Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi. Boyligi – 43,6 milliard dollar. 5. Jaklin Mars, “ Mars Incorporated” kompaniyasining uchdan bir qismini meros qilib olgan. Boyligi – 31,7 milliard dollar. 6. Jina Raynxart, otasi asos solgan Avstraliyaning “ Hanckok Prospecting Group” kon kompaniyasi rahbari. Boyligi – 30,2 milliard dollar. 7. Miriam Adelson, qimorxona egasi Sheldon Adelsonning bevasi. Boyligi – 27,5 milliard dollar. 8. Syuzanna Klatten, ota-onasidan meros qolgan BMW avtomobillarining qariyb 19 foiz egasi. Boyligi – 24,3 milliard dollar. 9. Iris Fontbona, konchilik va ichimliklar egasi Androniko Luksichning bevasi. Boyligi – 22,8 milliard dollar. 10) “Fidelity Investments” rahbari Ebigeyl Jonson ro‘yxatni yakunladi. U bu lavozimga otasining o‘rniga kelgan. Boyligi – 21,2 milliard dollar. Shuningdek, bu yil ro‘yxatga qo‘shiqchi Rianna va Microsoft asoschisi Bill Geytsning sobiq rafiqasi Melinda ham kiritilgan. Rianna 2021 yil avgust oyida “Forbes” tomonidan dollarlik milliarder sifatida tan olingan, uning o‘sha paytdagi boyligi 1,7 milliard dollarni tashkil qilgan. Boyligining 1,4 milliard dollarini unga Rihanna 50 foiziga egalik qiluvchi “ Fenty Beauty” kosmetik brendi olib kelgan. Bill va Melinda Geytsning ajrashishi 2021 yilning may oyida ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, “Cascade Investments” jamg‘armasi Billning 3 milliard dollardan ortiq qiymatdagi aksiyalarini uning nomiga o‘tkazib bergan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|