20:37 Fotogalereya: Qoyaga tirmashuvchilar tog‘larda qanday uxlaydi | |
Shunday odamlar borki, mehmonga, safarga borgan vaqtida ular uchun begona yostiq, o‘rin-ko‘rpada uxlash qiyinchilik tug‘diradi. Biroq tog‘ma-tog‘ tirmashib yuruvchi alpinistlar, daraxt yoki qoyada qanday uxlaydi? Albatta ulardek osilgan holatda pinakka ketish uchun, uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bu borada xavaskor bo‘lgan qoyaga tirmashuvchilar maxsus palatka – portlejlardan foydalanadi. Foto: Big Picture Tommi Kaldvell va Kevin Yorgeson AQShdagi eng baland monolit-tog‘i Kaliforniyadagi El-Kapitanga tirmashib chiqib tarixga kirgan. Qoyaga ko‘tarilishning o‘ziga 19 kun vaqt ketgan, qoyaga tirmashuvchilar ishlab chiqqan Dawn Wall (“Ufq devori”) yo‘nalishni bosib o‘tishga 19 kun vaqt sarflangan. Foto: Big Picture El-Kapitan — Kaliforniyada joylashgan Yosemit milliy parkining diqqatga sazovor maskanlaridan biri. Tog‘ning o‘lchami va shaklining o‘ziga xosligi ekstremallarning bu joyga mehr qo‘yishiga turtki bo‘lgan. Foto: Big Picture Ayrim qoyaga tirmashuvchilar palatkalarini daraxtga tikadi. Foto: Big Picture AQShning Yuta shtatidagi Zayon milliy parki. Foto: Big Picture Appalachi, Shimoliy Karolina, AQSh. Foto: Big Picture Buyuk Britaniya, Uelsdagi Gogart dengiz qoyalari. Foto: Big Picture Hindiston, Himolay tizmasidagi, Meru tog‘i. Foto: Big Picture Shamoni, Fransiya. Foto: Big Picture Baffinova yeri, Kanada. Foto: Big Picture Yuta shtatidagi qoyalarga chodirni 128 metr balandlikda o‘rnatish uchun 11 nafar odam 24 soat vaqt sarflagan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|