15:50 Fotogalereya: “Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan uyning hozirgi ko‘rinishi | |
Yangi yilni nishonlash an’analaridan biriga aylangan “Uyda yolg‘iz” filmini tomosha qilishni barchamiz yaxshi ko‘ramiz. O‘z uyini o‘g‘rilardan himoya qilgan bolakay haqidagi hikoya barchaning yuragini zabt etgan. Film suratga olingan uy Chikago yaqinidagi qishloqda joylashgan. Biroq, “Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan uy hozirda butunlay o‘zgarib ketgan. Uyini suratga olishga rozi bo‘lgan xonadon egasi 2012-yilgacha o‘zi o‘sha yerda yashagan. Keyin esa uni 1,5 million dollarga sotib yuborgan.
Filmda Amerikaning 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshiga xos interyer ko‘rsatilgan. To‘q qizil gilamlar va mebel, yashil pardalar, katta vazalar, xolldagi oynaning qalin ramkasi shular jumlasidan. Barcha xona devorlaridagi gulqog‘ozlar oq rang ustiga gul tasviri bilan bezatilgan. Klassik uslubdagi shinam uy. XXI asrda dizaynda minimalizm qadrlanadigan bo‘ldi, shuning uchun Kevinning yangi oshxonasida ham och ranglardan foydalanilgani va mebellar kamligi uchun xona oddiyroq ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Uzun zinali xoll ham ta’mirdan chiqqan. Ko‘p sonli ramkaga solingan suratlar endi yo‘q.
Xona esa endi yorug‘roq va turli katta eshiklardan holi. Ha aytgancha, uyning avvalgi egalarida nafaqat royal, balki yozuv stoli va stol lampasi ham qolgan.
Ko‘rinib turibdiki, uyning yangi egalarining oilasi kichkina. Chunki sakkiz kishilik ovqatlanish stolini o‘rnini to‘rt kishilik stol egallagan.
Manba: "kun.uz"
| |
|