19:55 General Motors haydovchisiz taksisini taqdim etdi | |
General Motors avtomobil korporatsiyasi Cruise Origin elektrotaksisini taqdim etdi. Avtomobil shahar ko‘chalarida haydovchisiz aylana oladi. U tashqi tomondan Volkswagen Sedric konsepsiyasini esga soladi, ammo undan farqli o‘laroq, Cruise Origin foydalanish uchun ishlab chiqariladi. Elektr taksilar erkin savdoga chiqarilmaydi. Undan Uber va Lyft singari maxsus servislar orqali foydalanish mumkin. Origin uchun haydovchiga ehtiyoj yo‘qligi sabab, ichki salon barcha bo‘sh joylarni hisobga olgan holda yaratilgan. Bundan tashqari, Cruise’da haydovchi yetishmasligi sababli, elektrotaksiga yo‘l harakati xavfsizligini kuzatish uchun o‘nlab datchiklarni qo‘shilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|