08:28 Globe soccer awards. 15ta nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshilari aniqlandi | |
29 dekabr kuni Dubayda Globe Soccer Awards-2019 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilari taqdirlandi. Eng yaxshi futbolchi – Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya); Eng yaxshi murabbiy – Yurgen Klopp («Liverpul», Germaniya); Eng yaxshi ayol futbolchi – Lyusi Bronz («Lion», Angliya); Yil kashfiyoti – Joau Felish («Atletiko», Portugaliya); Eng yaxshi klub – «Liverpul»; Eng yaxshi darvozabon – Alisson («Liverpul», Braziliya); Eng yaxshi futbol agenti – Jorjye Mendesh (Portugaliya); Eng yaxshi futbol akademiyasi – «Ayaks» va «Benfika»; Eng yaxshi hakam – Stefani Frappar (Fransiya); Eng yaxshi sport direktori – Andrea Berta («Atletiko», Italiya); Futbolga qo‘shgan hissasi uchun – Miralem Pyanich («Yuventus», Italiya) va Rayan Giggz (Uels); Eng yaxshi homiylik kelishuvi – «Manchester Siti» (Angliya); Eng yaxshi jamoa (arab mamlakatlari) – «Al Hilol» (Saudiya Arabistoni); Eng yaxshi futbolchi (arab mamlakatlari) – Abdurrazzoq Hamdalla («An Nasr», Saudiya Arabistoni); Eng yaxshi yosh futbolchi (arab mamlakatlari) – Ashraf Hakimi («Borussiya D», Marokash) Ma'lumot uchun, Globe Soccer Awards Yevropa klublar assotsiatsiyasi va Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|