19:35 Go‘sht narxi nega ko‘tarilmoqda? | |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mamlakatda go‘sht narxining oshish sabablariga aniqlik kiritdi. Ta’kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash komplekslarining yetarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo‘jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta’minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini yetishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning yetishmasligi go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelmoqda, deb yozadi O‘zA. Ozuqa-em mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining yetishmasligi, yerlarning sho‘rlanishi, ozuqa-em mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilishdagi “vositachilar”ning ko‘pligi ham go‘sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumot uchun: 2017 yilda mol go‘shti 35,9 foizga, qo‘y go‘shti – 31,4 foizga, parranda go‘shti – 33,1 foizga oshgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|