17:41 Google o‘zining yangi Doodle’ni Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishladi | |
Har yili o‘tkaziladigan Xalqaro ayollar kuni munosabati bilan Google kompaniyasining dudl (Google Doodle – Google saytining bosh sahifasida bayramlar, tadbirlar, muvaffaqiyatlar kabi ma’lum munosabatlar bilan sayt asosiy logosining o‘rniga almashtiriladigan vaqtinchalik o‘ziga xos suratlar) loyihasi har xil yoshdagi turli millat va elatlar ayollari aks ettirilgan maxsus animatsion videofilm bilan nishonlamoqda. Rassomlar yashab o‘tgan davri turli yillarda bo‘lgan dunyoning turli burchaklaridan kelgan ayollarni birlashtiradigan animatsiya yaratdilar. Ushbu ko‘p qirrali animatsion qog‘oz mandala Nyu-York va Londondan chaqirilgan rassomlar Juliye Uilkinson va Makerie Studio’dan Joyan Xorskroft, shuningdek DRASTIK GmbH animatorlari Marion Uilyam va Dafne Ulikinsonlar tomonidan yaratilgan. Qora va oq rangli mandalaning markaziy qatlami butun dunyodagi ayollarni aks ettiradi, ular 1800-yillarning oxiridan to 1930-yillarga qadar davrda – ishchi liboslarida tasvirlanadi. Ikkinchi qatlamda 1950–1980-yillardagi ayollar tasvirlangan. Ma’lumki, bu davrlarga kelib ijtimoiy hayotda ayollarning gender tenglikka intilishi va status-kvo (status-kvo – ya’ni hammasini o‘z holida qoldirishga moyillik)da jiddiy o‘zgarishlar kuzatilayotgan edi. Va nihoyat, tashqi qatlam 1990-yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan ayollarni, ya’ni 100 yillardan beri ayollar huquqlari harakatida erishilgan taraqqiyot nuqtai nazaridan tasvirlangan ayollar jamoasini anglatadi. Animatsion qog‘oz mandalaning g‘oyasi ham so‘nggi qatlam, ya’ni zamonaviy ayollar o‘tgan avlodlari va ayollar huquqlari uchun kurashib o‘tganlarning yelkasida turishar ekan, ular ham bu merosni o‘zlaridan keyingilarga yetkazadi, degan fikr ustiga qulrilgandir.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|