21:51 Habib Nurmagomedov otasining o‘limi haqida: “Qo‘ldan kelgan barcha ishni qildik” | |
Dog‘istondagi Kirovoul qishlog‘ida Abdulmanap Nurmagomedovning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim vaqtida Habib Nurmagomedov Chechenistoni rahbari Ramzan Qodirov bilan suhbat qurdi. “Sizdan minnatdormiz, katta rahmat. Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Buni yodda saqlash, bilish kerak. Bu xalqlarimizni birlashtiradigan omil bo‘lib xizmat qilsin. Yaratgan tomonidan peshonanga yozilganini o‘zgartirolmaysan, hammasi uning qo‘lida!”, — deydi Nurmagomedov. Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi 3-iyul kuni vafot etgandi. Avvalroq mutaxassisning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|