17:48 Habib sobiq UFC chempionini shogirdlikka olmoqchi | |
Aralash janglar bo‘yicha chempionatning (UFC) yengil vazn toifasidagi umumiy reytingi yetakchisi rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik jangchi Lyuk Rokxoldni shogirdlikka olmoqchi. Bu haqda sobiq UFC chempioni Lyuk Rokxoldning o‘zi OAVga ma’lum qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Lyuk Rokxoldning o‘zi hali bu taklif bo‘yicha bir qarorga kelmagan. Lyuk Rokxold aralash jang san’atida 16 g‘alabaga erishgan hamda besh marta mag‘lubiyatga uchragan. Ma’lumot o‘rnida, Nurmuhamedov 2020 yilning kuzida amerikalik jangi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, iste’foga chiqishga qaror qilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|