14:04 “Hamroh”ning kinoteatrlardagi namoyishi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi | |
Alisher Navoiy nomli kinosaroyida triller, drama janrida suratga olingan “Hamroh” filmining jurnalistlar uchun yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. Yil filmi nomiga da’vogarlik qilayotgan postanovkachi rejissyor va ssenariy muallifi Akrom Shohnazarovning filmi 10 apreldan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilishi ma’lum qilindi. Psixologik drama janrida suratga olingan film inson va ruh o‘rtasidagi sirli munosabatlar voqeasiga asoslanadi. Aktrisa Yulduz Rajabova gavdalantirgan ruh bilan muloqotga kirishgan Adiz Rajabov obrazi tomoshabinga psixologik ta’sir o‘tkazib, uni birgalikda his etishni uddasidan chiqqan. Filmda aktyor Adiz Rajabovni yangidan kashf qilish mumkin. Uning ruhiy kechinmalari hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Film operatori Rustam Meliev, postanovkachi rassom Alisher To‘liboyev. “Hamroh” Buxoro shahri, Jizzah viloyati hamda Toshkent shahrida 90 kun davomida 45 kun ichida suratga olingan. Filmda bosh rollarni Yulduz Rajabova, Adiz Rajabov, Lola Eltoyeva hamda Karim Mirhodievlar ijro etishgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|