08:11 Har kuni bitta olma yeng. Nega deysizmi? | |
Olma mevasi 15 % gacha qand, limon kislotasi, temir, kaliy, mis, V, V2, RR vitamini, A-provitamini va folat kislotasi mavjud ko‘plab beqiyos darmondorilar va mikroelementlar manbai hisoblanadi. Ammo uning eng qimmatli jihati tarkibida askorbin kislotasi (Svitamini) va pekin moddasi mavjudligidadir. Iste’mol qilingan olma hali oshqozon-ichak tizimida turgan damlardayoq pektin moddasi yordamida xolestirinni 10-15 % ga kamaytirishni udda qila oladi. Bu davo jarayoni qonga so‘rilgach yana davom etadi. Natijada qon tomirlardagi aterosklerotik pilakchalar paydo bo‘lishi keskin kamayadi va yurak-qon tomir hamda boshqa tizimdagi xastaliklarning uchrashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|