21:58 Harbiylar yetti yoshli qizchani o‘z uyida otib tashlashdi | |
Myanmada harbiylar reyd paytida yetti yoshli qizchani o‘z uyida otib o‘ldirishdi. Hodisa haqida «VVC»ga bolaning oilasi so‘zlab bergan. Marhumning opasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar eshikni sindirib ularning uyiga kirishgan va otasidan biror kimni yashirayotgan yoki yo‘qligini so‘rashgan. U rad javobini bergan. Lekin harbiylar uning so‘zlariga ishonmasdan, uyda tintuv o‘tkazishni boshlashgan. Shu payt 7 yoshli Kxin Mio Chit otasining tizzasiga o‘tirish uchun unga qarab yugurgan. Harbiylar unga qarata o‘t ochib, bolani o‘ldirishgan. Qiz mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlariga zo‘ravonlik bilan qarshi kurashning eng yosh qurboniga aylandi. Harbiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, namoyishlar paytida jami 164 kishi halok bo‘lgan. Siyosiy mahbuslarga yordam beruvchi muxolifatdagi uyushma esa kamida 261 inson hayotdan ko‘z yumganligini aytmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|