20:07 Hasanboy Do‘stmatov bugun professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi | |
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (1-0, 1 KO) 24-dekabr, payshanba kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. O‘zbekistonlik bokschiga ushbu jangda mahalliy sportchi Odiljon Sotkinov raqiblik qiladi. Jang super yengil vazn toifasida (-52,1 kg) bo‘lib o‘tadi. Jangdan oldin Do‘stmatov -52,8 kg, Sotkinov esa 52,5 kg vazn ko‘rsatdi. Avvalroq Hasanboyga rossiyalik Pavel Gunchenko raqib bo‘lishi xabar qilingandi, biroq jangga bir necha kun qolganda raqib o‘zgargan. Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘stmatov professional boksda 2019-yil 16-noyabrda debyut qilgan. Unda Hasanboy meksikalik Xesus Servantes Vilyanuevani 2-raunddayoq nokautga uchratgan. Jang Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi kutilmoqda. Jangni o‘zbek telekanallari translyatsiya qilmaydi. Jang va uning atrofidagi videolarni bu yerda kuzatib borish mumkin — havola.
Manba: "daryo.uz"
| |
|