22:11 Haydovchilar diqqatiga! Endi kameralar kamar taqmaslik va telefondan foydalanish holatini ham aniqlaydi | |
Toshkent shahrining ikkita chorrahasida avtotrnsport vositasini boshqarish jarayonida xavfsizlik kamarini taqmaslik hamda uyali telefonda so‘zlashish kabi qoidabuzarliklarni test rejimida qayd etuvchi videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar qildi. “Xitoy uskunasi test rejimida o‘rnatildi” “Ushbu kameralar Xitoyning Hikvision kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Hozir bu ishlar bizning tizimimizni Xitoy uskunasiga moslashtirish va bizning yorqin quyosh nuri, yog‘ingarchilik, harorat o‘zgarishi kabi iqlim sharoitlarda qanday ishlashini ko‘rish uchun test rejimida amalga oshirilmoqda”, deydi Toshkent YHXB kompyuterlashtirilgan yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish tizimi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Murodov. Toshkentning 115 chorrahasida kamera o‘rnatilgan Bugungi kunda Toshkentdagi 115 ta chorraha zamonaviy videokameralar bilan jihozlangan. Ular ikki turdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi: svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tish va tezlikni oshirish. Poytaxtdagi 500 dan ortiq chorahaga kamera o‘rnatiladi Toshkentda jami 500 dan ortiq chorraha mavjud. 2020-2021 yillar mobaynida ularning barchasiga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Chiroq o‘chgan vaqtida ham kameralar ishlayveradi Toshkentning 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralarga chiroq o‘chishi oqibatida elektr ta’minoti yetib bormagan taqdirda ular avtomatik ravishda ushbu chorrahalarga o‘rnatigan akkumulyatorlarga ulanadi va qoidabuzarliklarni qayd etishni davom ettiradi. Olingan ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuterga tushadi Videokameralardan olingan ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri YHXB kompyuter tizimining serveriga o‘tadi, u yerda avtomatik ravishda qayta ishlanadi va u jarima haqidagi ma’lumot pochta xizmati axborot tizimiga o‘tadi, bu esa jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi xabarnomalarni yuborishni ta’minlaydi. Ushbu jarayon inson aralashuvisiz amalga oshiriladi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|