Главная » 2020 » Январь » 23 » Hech narsa qilmasdan IQ’ni 23 foizga qanday oshirish mumkin?
22:40

Hech narsa qilmasdan IQ’ni 23 foizga qanday oshirish mumkin?


Intellektual salohiyatingizni hech narsa qilmasdan oshirishning oddiy usuli mavjud. Buning uchun tushlik uchun sarflaydigan vaqtingizdan kamroq vaqt talab qilinadi, xolos. 
 
Kristallashgan intellekt 
Intellektning ikki tipi bor – kristallashgan va harakatchan. 
Kristallashgan intellekt – sizda mavjud bo‘lgan axborot, malaka va tajribani qo‘llay olish qobiliyatidir, ya’ni bu yerda miyangizda shu paytgacha yig‘ilgan bilimlar haqida gap ketmoqda. U yoshingiz oshgani sari ko‘payib boraveradi. G‘arb mamlakatlarida unga muhim ahamiyat beriladi (ayniqsa, uni standart testlar yordamida o‘lchash imkoni paydo bo‘lganidan beri). 
Harakatchan intellekt esa, aksincha – sizning qonuniyatlarni aniqlash, yangi muammolarni hal qilish va yangi vaziyatlarda mantiqni qo‘llash qobiliyatingiz hisoblanadi. Buning mohiyati ijodkorlik, tushunish, novatorlik va uzoqni ko‘ra olishdan iborat. 
 
Kristallashgan bilimlarni yaxshilash qiyin emas – buning uchun kitob o‘qish, podkastlar tinglash, faktli axborotlarni yig‘ish, ta’lim olish lozim. Harakatchan intellekt bilan esa boshqa vaziyat. U fakt va bilimlarga emas, balki sizning notanish narsalar bilan ishlash qobiliyatingizga, ya’ni topqirlikka asoslanadi. 
  
Meditatsiya IQ uchun trenajyor sifatida 
Yangi tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, ham harakatchan intellektingizni, ham IQ’ni umumiy holda tubdan rivojlantirish vositasi mavjud ekan. Gap meditatsiya haqida ketmoqda. 
Rostdan ham shunday: meditatsiya nafaqat psixik salomatlik, stress bilan kurashish va kayfiyatni ko‘tarish, balki reaktivlikka qarshi ravishda zarur emotsional muvozanatni ta’minlash uchun foydalidir. 
Shuningdek, meditatsiya sizni yana-da aqlliroq qiladi. 
 
Tadqiqotchi Zigfrid Otmerning neyron aloqasi bo‘yicha o‘tkazgan tajribasiga ko‘ra, meditatsiya bilan shug‘ullanganlarning IQ darajasi o‘rtacha 23 foizga oshgan.  
Meditatsiya ishtirokchilarga nafaqat IQ’ni oshirish imkonini, balki uzoq muddatli samarani ham berdi – bu bir yildan so‘ng o‘tkazilgan tajribada namoyon bo‘ldi. Meditatsiya bilan shug‘ullangan tajriba ishtirokchilari ijodkorlik, konsentratsiya va o‘zini analiz qilish borasida yaqqol ustunlikni ko‘rsatdi. 
 
Miyaga dam bering 
Boshqa hayratlanarli tadqiqotda shu ma’lum bo‘ldiki, 20 daqiqadan iborat to‘rt kunlik seanslardan keyin ishtirokchilarning xotirasi, idrokining yaxshilangani va stress darajasining pasayganini sezishgan. Eng ajablanarli fakt shunda ediki, meditatsiya qiluvchilarning qisqa muddatli xotira testlaridagi natijalari nazorat guruhinikidan 10 barobar yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Aynan qisqa muddatli xotira harakatchan intellektning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
 
Meditatsiya nega IQ’ni oshiradi? Sabablar bir nechta, ammo ulardan eng asosiysi – chuqur meditatsiyaning miya faolligini sekinlashtirishidir. 
 
Miya sekin impulslar (shuningdek, delta- yoki teta-ritmlarda kuzatiladigan)ga o‘tganida o‘zining qayishqoqlik qobiliyatini yanada oshiradi. Meditatsiya orqali diqqat konsentratsiyasini mashq qilar ekansiz, nafas mashqlari, mantralar (rezonansli, psixologik va ruhiy ta’sirga ega bo‘lgan sanskrit tilidagi tovushlar, individual fonemalar, so‘zlar yoki so‘zlar to‘plami) yoki musiqa orqali bo‘ladimi – ahamiyatsiz, – miyangizga nafas rostlab olish imkonini berasiz. Qilish lozim bo‘lgan hamma ish shu: siz miyaga dam berasiz va yaxshi tomonga o‘zgarasiz. 
 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday ajoyib natijalarni qayd etgan guruh ishtirokchilarining birortasi ham yog (yoga bilan shug‘ullanuvchi) bo‘lmagan va soatlab meditatsiya qilmagan. 4 kun davomida kuniga bor-yo‘g‘i 20 daqiqa meditatsiya qilish yetarli bo‘lgan.  
 
Meditatsiyani qanday qilish kerak? 
Meditatsiya foydali ekanini hamma biladi, ammo qiyin tomoni – boshlab olish. Bu sportzalga borishga o‘xshaydi. U yerga obuna bo‘lish kerakligini hamma biladi, ammo… 
 
Urinib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Headspace nomli dastur siz uchun qo‘llanma bo‘la oladi. U qadam-baqadam meditatsiyani taklif qiladi va har kunlik progressingizni kuzatib borasiz.

Boshqa ko‘plab variantlar ham mavjud. Onglilik meditatsiyasini qilishingiz: ko‘zlaringizni yumib, nafasingizga diqqat jamlashingiz mumkin.  
 
New England Journal of Medicine jurnalining ta’kidlashicha, salomatligingiz uchun zarur natijaga ega bo‘lishni istasangiz har safar 15-20 daqiqa meditatsiya qilishingiz lozim. Bu unchalik ko‘p emas. Aslida, meditatsiyaga oid qanchalik ko‘p tadqiqotlar o‘tkazilsa, uning davomiyligi emas, balki muntazam qilinishi muhimligi ma’lum bo‘lmoqda. 
 
Shunday ekan, miyangizga dam bering – bu sizni daholikka yaqinlashtiradi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz