Главная » 2020 » Апрель » 7 » Hindiston koronavirusga qarshi dori eksportini tikladi
12:57

Hindiston koronavirusga qarshi dori eksportini tikladi


Hindiston hukumati koronavirus pandemiyasi fonida COVID-19 ni davolashda yordam beruvchi gidroksixloroxin va paratsetamol dori vositalarini eksport qilishga o‘rnatilgan cheklovni bekor qildi.

“Pandemiyaning insoniylik jihatlarini hisobga olib, Hindiston qo‘shni davlatlarga ma’lum miqdorda paratsetamol va gidroksixloroxin uchun litsenziya berishga qaror qildi. Biz shuningdek, pandemiyadan jiddiy zarar ko‘rgan ba’zi davlatlarga muhim dorilarni yetkazib beramiz”, degan Hindiston TIV vakili Anurag Shrivastava.

Ma’lumot o‘rnida, Hindiston yanvar oyi oxirida koronavirus tarqalishi sababli barcha turdagi shaxsiy himoya vositalari eksportini taqiqlab qo‘ygandi. Keyinroq koronavirus bilan kurashda yaxshi samara bergan malyariyaga qarshi preparat gidroksixloroxin eksporti ham taqiqlangandi.

“Har qaysi hukumat kabi bizning vazifamiz xalqimizni yetarli tibbiy vositalar bilan ta’minlash. Buning uchun qator farmatsevtika vositalari eksportiga cheklov qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Voqealar rivojining qay yo‘sinda davom etishi bo‘yicha qator ssenariylar ko‘rib chiqildi va har qaysi holatda tibbiy vositalarning yetarli bo‘lishiga ishonch hosil qilgach, taqiqlov choralari sezilarli darajada kamaytirildi”, degan Shrivastava.

Ushbu bayonot AQSH Prezidenti Donald Tramp Hindiston hukumatining gidroksixloroxin ekportini cheklaganiga norozilik bildirganidan bir necha soat o‘tib e’lon qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra. Hindistonda 4,5 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Ularning 136 nafari vafot etgan va 382 nafari davolangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz