21:14 Hindistonda koronavirusga chalingan barcha bemorlar tuzalgani xabar qilindi | |
Kerala shtati sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma'lum qilishicha, jami bo‘lib 2242 nafar kishi kuzatuv ostida qolmoqda.Hindistonda koronavirus bilan og‘rigan uch nafar bemorning barchasi tuzaldi, deb xabar berdi India Times nashri. Avvalroq Uxan shahridan qaytganidan so‘ng koronavirus aniqlangan ikki talabaga kasalxonadan uyiga javob berilgandi. Kerala shtati sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma'lum qilishicha, jami bo‘lib 2242 nafar kishi kuzatuv ostida qolmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 74,5 ming kishidan ortib ketgan, 2029 kishi vafot etgan, 16,1 mingga yaqin kishi tuzalgan. Xitoydan tashqari 25ta davlatda 900dan ortiq kishida kasallik yuqtirish holati aniqlangan.
Manba: "kun.uz"
| |
|