20:22 Hindistonda koronavirusga qarshi o‘zgacha "jang" boshlandi | |
Hindistonda "#CautionYesPanicNo" xeshtegi ostida koronavirusni davolashning alternativ usullariga qarshi kurashish kampaniyasi boshlandi. Noto‘g‘ri maslahatlarga qarshi urush e’lon qilish qarori bunday davolanish usullari mamlakat aholisi orasida katta shuhrat qozonganligi bilan izohlanadi. Jurnalistlar Internetda tarqatiladigan barcha ma’lumotlarga ishonmaslikka va faqat hukumat tomonidan tasdiqlangan ko‘rsatmalarga rioya qilishga chaqiradilar. Navbharat Times nashri o‘zlarini infeksiyadan himoya qilmoqchi bo‘lgan hindlar orasida mavjud bo‘lgan shunga o‘xshash xavfli noto‘g‘ri tushunchalar ro‘yxatini tuzdi. Shunday qilib, mamlakat aholisi spirtli ichimliklarni ichish yoki terini oqartirish virusni o‘ldiradi, deb hisoblashadi. Shuningdek, materialda sarimsoq haqiqatan ham koronavirus bilan kurashishga yordam bermasligi aytiladi. Bundan tashqari, qor va sovuq ob-havo koronavirus tarqalishiga to‘sqinlik qilmaydi, deyiladi nashrda. Shuningdek, Hindiston aholisi issiq suvda suzish infeksiyani yuqtirishga yordam beradi, pashsha esa yangi virusni yuqtiradi, deb ishonmasligi kerak. Shuningdek, qo‘l quritkichlar infeksiya yuqishi ehtimolini kamaytiradi, degan ma’lumotlar inkor etildi. Ayni paytda Hindistonda besh mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Mamlakatda yuqumli kasallik tufayli 149 kishi vafot etdi, 411 nafari tuzaldi. Avvalroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakat bo‘ylab 21 kunlik karantin e’lon qilgan edi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|