15:19 Hindistonda kuniga 9 soat uxlaydigan xodimga vakansiya e’lon qilindi | |
Hindistonning Bangalor shahrida uyqu mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Wakefit nomli startap yangi xodimlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari borligini ma’lum qildi. Yangi xodimga qo‘yiladigan asosiy talab kuniga 9 soatdan kam uxlamaslik, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ta’kidlanishicha, 100 kun davomida 9 soatdan uxlashi kerak bo‘lgan xodimga 1,3 ming dollar maosh to‘lanadi. Ishchilarga uyqu kundaligini tutish talabi ham qo‘yilgan, deyiladi xabarda. Shuningdek, xodim ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lmasligi va tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilmasligi kerakligi alohida qayd etilgan. Fitnes-trener, parhezshunos va psixologlardan iborat jamoa, ishchilar ixtiyorida bo‘ladi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|