09:47 Hindistonda tarqalgan noma’lum kasallik haqida ma’lumot berildi | |
Andxra-Pradesh shtati hukumati vakili Mutyal Raju Revu noma’lum kasallik haqida ma’lumot berib, u odamdan odamga yuqmasligini aytdi. Qon tahlillari, miya suyuqligi va bemor miyasining kompyuter tomografiyasi natijalariga ko‘ra, kasallikning sababini aniqlashning iloji bo‘lmagan. Shu bilan birga, “Times of India” nashri kasalikka xlorli organik birikmalar va chivinlarga qarshi vositalar sabab bo‘lishi mumkinligi yozdi.
Ta’kidlanishicha, kasallik alomatlari jami 340 kishida, shu jumladan bolalarda aniqlangan. Ularning 157 nafari kasalxonalarda qolmoqda, 168 nafariga uyiga javob berilgan, bir kishi vafot etdi. Eslatib o‘tamiz, noma’lum kasallik Eluru shahri va unga yondosh hududlarda yakshanba kunidan tarqala boshlagan. Bemorlar bosh aylanishi, epilepsiya, to‘satdan hushdan ketish, og‘iz ko‘pirishi va titroqdan shikoyat qilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|