17:24 Hindistonliklar koronavirusga qarshi sigir peshobini iste’mol qilmoqda | |
Bugun, 14 mart kuni bir guruh hindlar sigir peshobini ichish uchun ziyofat uyushtirdi. Ularning fikricha, sigir peshobi koronavirusdan himoya qiladi. Hindlarda sigir muqaddas hayvon sanaladi, shuning uchun uning peshobi ham foydali xususiyatga ega deb hisoblanadi. Mamlakat poytaxtidagi Butun Hindiston Hindlari Ittifoqi guruhi tomonidan tashkil etilgan "ziyofat"ga 200 kishi tashrif buyurdi. Tashkilotchilar shunga o‘xshash tadbirlarni Hindistonning boshqa joylarida ham o‘tkazilishini ta’kidlamoqda. E’tiborli jihati shundaki, Hindistonning Assam shtati rahbari shu oy boshidagi yig‘ilishda sigir peshobi va sigir go‘ngi koronavirusni davolash uchun ishlatilishi mumkinligini aytdi. Hindlar sigir peshobidan saratonga qarshi vosita sifatida ham foydalanishadi. Lekin, mutaxassislar bir necha bor bu vosita saraton kabi kasalliklarni davolamasligini va uning koronavirusning oldini oladigan xususiyatlari yo‘qligini ta’kidlashmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 146 349 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 5 443 kishi vafot etgan. Bemorlardan 6 082 nafari yoki 9 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 72 572 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|