12:43 Hindistonlikning Twitter’ga qo‘ygan surati barchani qo‘rqitib yubordi | |
Hindiston o‘rmon xizmati xodimi Syuzanta Nanda kimningdir “oyog‘i”ga o‘xshash g‘alati fotosuratni tvitlash orqali foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi. Bu haqda “India Today” nashri xabar bermoqda.
Foydalanuvchilar turli xil variantlarni o‘rtaga tashlashdi: gorilla yoki ayiq panjasi. Ba’zilar suratni “Taxtlar o‘yini” seriyalidagi g‘ayriinsoniy irq vakillari – “oq piyodalar”ning oyoqlariga o‘xshatdi. Ushbu surat e’lon qilinganidan bir muncha vaqt o‘tgach, o‘rmonchi fotosuratda aslida nima tasvirlanganini aytib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu ob’ekt umuman oyoq emas, balki "o‘lik odamning barmoqlari" deb nomlangan Xylaria polymorpha qo‘ziqorinidir. Odatda ular chirigan pona va daraxtlarda o‘sadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|