12:50 Hokimlar reytingi: Tursunov eng yuqorida, Bobolov esa... | |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi respublika bo‘yicha hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari reytingi natijalarini agentlikning argos.uz portalida e’lon qildi. Reyting natijalariga ko‘ra, «Viloyatlarning TOP tumanlari» umumiy reytingida Navoiy hamda Xorazm viloyatlari kichik farq bilan yetakchilik qilmoqda. Eng quyi pog‘onani esa Surxondaryo viloyati egallagan. Hokimlarning TOP-20 talik reytingida Qorovulbozor tumani (Buxoro), Yangibozor tumani (Xorazm), Shirin shahri (Sirdaryo), G‘azg‘on shahri (Navoiy) va Mirobod tumani (Toshkent shahri) hokimlari yetakchiligini ko‘rish mumkin. Quyi-20 talik reytingda esa ro‘yxatdagi dastlabki o‘nta o‘rinning sakkiztasi Surxondaryo viloyati tumanlari hokimlariga nasib etgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|