Главная » 2020 » Март » 29 » IIV shaxsiy avtomobillarga qo‘yilgan cheklov buzilishi uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi
14:48

IIV shaxsiy avtomobillarga qo‘yilgan cheklov buzilishi uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi


Ichki ishlar vazirligi rasmiysi ruxsatnoma stikeri yopishtirilmagan shaxsiy avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo chorasi ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov avtotransport vositalari harakati  cheklanishi bilan bog‘liq ma'lumot berdi.

«Avtotransport vositasidan foydalanish imkonini beruvchi stikerning orqa tomoniga Adliya vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma ilova qilinadi. Mazkur stiker bo‘lmagan avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu stiker viloyatlararo harakatlanish huquqini beradi. Stikerdan faqatgina tashkilotga tegishli bo‘lgan avtotransportda harakatlanish uchun foydalanilishi kerak, undan shaxsiy manfaatlarda suiiste'mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi», dedi Shohruh G‘iyosov 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Vazirlik rasmiysi ruxsat etilgan istisno holatlaridan tashqari shaxsiy transport vositalarida harakatlanish uchun javobgarlik borligi haqida ogohlantirdi.

«Fuqarolarga o‘z shaxsiy avtotransport vositasidan foydalanish faqatgina tezkor tibbiy yordam zarur bo‘lganda tibbiyot muassasalariga borish-kelish uchun ruxsat beriladi. Agarda shaxsiy transport vositalarida shu holatlardan tashqari yo‘lga chiqilsa, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik ko‘riladi», deya vazirlik vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, litsenziyasi bo‘lgan taksi haydovchilariga yo‘lovchilarni tashish mumkin emas, faqat kur'yerlik (mahsulotni uyga yetkazib berish) vazifasini bajarish uchun harakatlanish ruxsat etiladi.

Shohruh G‘iyosov birlamchi ehtiyojlar — oziq-ovqat va dori vositalari xaridi uchun piyoda chiqishni tavsiya qildi.

«Dori va oziq-ovqat xaridi masalasida uyga yaqin bo‘lgan savdo maskani yoki dorixonaga piyoda chiqib, kerakli mahsulotni xarid qilish tavsiya etiladi», dedi u.

  • O‘zbekistonda 30 mart kuni soat 06:00 dan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yiladi. 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) ko‘ra:

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz