17:08 Ikki Qorbobo o‘zbekistonlik yigitni o‘g‘irladi | |
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Viborg tumani Pargovo posyolkasida ikki noma’lum shaxs qor bobo kiyimida odam o‘g‘irlab ketdi. O‘tgan yilning 30 dekabr kuni yuz bergan hodisa haqida "Piter.tv" Rossiya Federatsiyasi IIVning Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasiga tayanib xabar berdi. Mahalliy aholi vakillari Fyodor Abravom ko‘chasida erkakni ushlab, og‘zini berkitib, mashinada olib ketishganini ko‘rgan. O‘g‘rilar erkakning 30 ming rubl oyligini olib, o‘zini mashina tushirib yuborishgan. O‘g‘rilik qurboni 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. U hodisa yuz bergan kunning ertasiga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Politsiya holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazyapti.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|