10:26 Ikrom Aliboyevning jamoadoshi o‘lik holda topildi | |
30-oktyabr kuni «Seul» klubining 31 yoshli himoyachisi Kim Nam Chun ofis binosi yaqinidagi avtoturargohda jonsiz holatda topilgan. Politsiya jinoyat izlarini aniqlamagan va Kim o‘z joniga qasd qilganlikda gumon qilinayotgani aytilmoqda. Kim «Seul»da 2013-yildan beri o‘ynab kelayotgandi. Futbolchi faoliyati davomida 137 uchrashuv o‘tkazgan, to‘rtta gol urgan va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. 2019/2020-yilgi mavsumda u 25 uchrashuv o‘tkazdi, beshta sariq va bitta qizil kartochka oldi. Eslatib o‘tamiz, Koreyaning «Seul» klubida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboyev ham harakat qiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|