Главная » 2020 » Сентябрь » 25 » Imtihonda 189 ball olganlar nega kontrakt asosida o‘qishga kirdi?
21:35

Imtihonda 189 ball olganlar nega kontrakt asosida o‘qishga kirdi?


Xabaringiz bor, bugun, 25 sentyabr kuni oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining natijasi e’lon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa test natijalaridan 100 foiz (189 ball) natija olgan abituriyentlar ham to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Davlat test markazi imtihonda 100 foiz natijaga erishgan abituriyentlarning davlat granti asosida o‘qishga kirolmaganiga izoh berdi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risida Nizomga tasdiqlangan. Unga muvofiq:

Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) individual turlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.

Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) jamoa turlari g‘oliblari o‘z komandalari tarkibidan — akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.

“Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar umumiy qabul parametrlari asosida talabalikka qabul qilinadi, ularga qo‘shimcha qabul parametrlari ajratilmaydi”, deyiladi DTM xabarida.

Joriy yil yakuniy tanlov ro‘yxatida ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida maksimal 189 ballni to‘plagan holda, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar mavjud.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga yuqorida qayd etilgan imtiyozga ega abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ushbu toifadagi abituriyentlar soni ajratilgan davlat grantlari soniga teng yoki undan ko‘p bo‘lgan holatlar ham uchraydi.

Shuning uchun ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 189 ball to‘plagan abituriyentlar ham to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘qishga kirdi, kontrakt asosida, 189 ball, Imtihonda | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz