08:30 Insoniyatni virusdan ogohlantirgan shifokorning o‘zi undan nobud bo‘ldi | |
Xitoyning Uxan shahrida shifkorlik bilan shug‘ullanib kelgan va o‘z hamkasblarini paydo bo‘layotgan yangi virus haqida ogohlantirgan Li Venlyan koronavirusdan vafot etdi. Bu haqida “Global Times” nashri yozmoqda. U butun dunyoni xavfli virusdan ogohlantirgan sakkiz shifokordan biri edi. Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, uning tanasida koronovirus 1 fevralda aniqlangan, shifokor bugun, 6 fevralda vafot etgan. U o‘z hamkasblarini va butun insoniyatni koronavirus dahshatidan ogohlantirishga intilgan edi. O‘shanda uning gapiga hech kim e’tibor bermagan, hatto politsiya uni bunday safsata sotmaslik haqida qat’iy ogohlantirgan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|