21:06 «iPhone X Plus» uchtalik kameraga ega bo‘ladimi? | |
«Apple» kompaniyasining shartli ravishda «iPhone X Plus» nomini olgan yangi flagmaniga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi «NV.ua». Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmaga 6,5 dyuymli displey o‘rnatiladi. Smartfon o‘lchamlari 157,2 x 77,1 millimetrni tashkil etadi, bu 5,5 dyuymli «iPhone 8 Plus»ga nisbatan biroz kichikroq demakdir (158,4 x 78,1 millimetr). Tarqalgan mish-mishlar «Apple»ning yangi gadjeti «qulay korpus»ga ega bo‘lishini tasdiqlaydi. Suratlardan ko‘rish mumkinki, «iPhone X Plus» uchtalik kameraga ega bo‘ladi. Biroq «PhoneArena» jurnalistlarining ta’kidlashicha, «iPhone» modeliga ikkitalik kamera o‘rnatiladi, sxemadigi uchinchi nuqta «vspishka» bo‘lishi mumkin. Korpusning o‘ng tarafidan oldingidek ekranni bloklash va mobil qurilmani o‘chirish tugmasi o‘rin oladi. «iPhone X Plus» korpusi yuqori mustahkamlikka ega po‘latdan ishlanadi va «Gorilla Glass» 5 oynasi bilan himoyalanadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|