16:04 Islom Karimovning nabirasi yangi turmushi va ota-onasining kuyoviga munosabati haqida gapirdi | |
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Lola Karimova-Tillyayevaning qizi Maryam Tillyayeva taniqli rus blogeri Amiran Sardarov bilan turmush qurgani xabar qilingandi. Joriy yilning 27 aprel kuni Maryam Tillyayeva o‘zining Instagram sahifasi orqali jonli efirga chiqib, o‘zining obunachilarining savollariga javob berdi. Maryam turmush qurganidan keyin uning kunlari qanday o‘tayotgani haqida ochiq gapirgan. U hech qanday tushkunlikka berilmayotganini, aksincha, turmush o‘rtog‘i bilan yaqinlashib qolganini tan olgan. O‘zgargan yagona narsa Maryam kamroq ovqat pishira boshlagan.
Shuningdek, uning ota-onasi tanloviga juda yaxshi munosabatda bo‘lganini aytgan. Maryam turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqidagi kichik hikoyani ham so‘zlab bergan.
Jonli muloqot vaqtida unga homiladorligi haqida savol berishgan.
U shuningdek, bir kunda obunachilari soni keskin oshib ketgani va endilikda sahifasini qanday yuritish ustida bosh qotirayotganini aytib o‘tgan. Ma’lumot o‘rnida, Maryamning Umar ismli ukasi va Sofiya ismli singlisi bor. Ma’lumki, Karimovlar oilasining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uchun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritishda bosh-qosh. Lola Karimova-Tillyayeva AQSHdan turib “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini boshqarib kelmoqda. U AQSHda "The Harmonist" attorlik buyumlari brendiga asos solgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|