21:12 Ispaniyada deyarli to‘rt ming shifokor koronavirus bilan kasallandi | |
Ispaniya hukumatining ta’kidlashicha, bugungi kunda mamlakatda to‘rt mingga yaqin tibbiyot mutaxassisi COVID-19 koronavirusini yuqtirgan, deb xabar beradi RIA Novosti. Bizga yoqmaydigan ayrim ma’lumotlar mavjud, ularni nazorat ostiga olish uchun barcha zaruriy ishlarni bajarishimiz kerak. Masalan, bugungi kunga kelib 3910 nafar tibbiyot xodimlarimiz zarar ko‘rdi, dedi Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining ogohlantirish va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muvofiqlashtirish markazi direktori Fernando Simon matbuot anjumanida. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 kasallanishining eng yuqori darajasi shu haftada bo‘lishi kerak. Kasalxonalarning to‘lishi va undagi ishlarni ko‘payishi esa bir necha kun oldingi darajadagi kabi saqlanib qoladi. Ispaniyada tibbiy xodimlar orasida ilk jabrlanuvchisi Basklar mamlakatidan bo‘lgan 52 yoshli hamshiradir. Bugungi kunda Ispaniya kasallanganlar soni bo‘yicha Italiyadan keyin Yevropada ikkinchi o‘rinda turibdi. 23 mart kunga kelib 33 mingdan ortiq infeksiya holatlari aniqlandi, 2182 kishi vafot etdi.
Manba: "sof.uz"
| |
|