Главная » 2020 » Октябрь » 11 » Istanbulga to‘tiqushlar xavf solmoqda
20:12

Istanbulga to‘tiqushlar xavf solmoqda


Istanbulning barcha hududlarida juda ko‘p miqdorda yashil to‘tiqushlar to‘planmoqda, deb yozadi «Hurriyet» gazetasi.

Nashrning ta’kidlashicha, yashil to‘tiqushlar asosan Janubiy Osiyo va Sharqiy Afrikada yashashadi. Biroq so‘nggi yillarda ular Istanbul bog‘larida ham paydo bo‘la boshlagan.

Hammasi 1996-yilda Istanbulning Beykoz hududida ushbu qushlardan bir necha yuztasini olib ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketganda boshlandi. To‘tiqushlar uchib ketishgan va shaharda o‘rnashib qolishgan.

Avvallari «uchar ekzotika»ni Avliyo Sofiya va Yulduz yonidagi Gulxona markaziy bog‘idagina uchratish mumkin edi. Biroq endi ular Istanbulning boshqa joylariga ham o‘rnashmoqda.

Ta’kidlanishicha, to‘tiqushlar qarg‘a, ko‘rshapalak va olmaxonlarning inlarini va boshqa yashash joylarini egallab olishyapti. Biologlar ushbu vaziyatdan xavotirda. Ularning fikricha, to‘tiqushlarning hujumidan shahar faunasi xavf ostida qolmoqda.

Nashrning yozishicha, Istanbuldan tashqari Izmirda ham ko‘plab to‘tiqushlar yashashadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Istanbulga, to‘tiqushlar, xavf solmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz