19:58 Italiyada koronavirusning yangi ayanchli jihati aniqlandi | |
Italiyada koronavirusning yangi qayg‘uli xususiyati aniqlandi. Shifokorlar uni ish paytida payqashdi, deya xabar beradi MK. Mutaxassislar allaqachon Italiyada bir nechta o‘limni qayd etishgan, bunda virus yuqtirganlar uxlab qolishgan va boshqa uyg‘onishmagan. Shunisi qiziqki, ularning kasalligi jiddiy davom etmagan va hayot uchun xavfli alomatlar bo‘lmagan. Italiyada bunday beshta o‘lim qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasidan himoya qilish choralari sifatida mutaxassislar iloji boricha tez-tez qo‘llarni sovun bilan yuvishni tavsiya etadilar.
Manba: "aniq.uz"
| |
|