17:07 Italyancha taom - ugra va tovuq go‘shti qiymasidan | |
Zarur masalliqlar: 500 gr. tovuq go‘shti qiymasi, 400 gr. qush uyasi shaklidagi ugra, 1,5-2 stakan sho‘rva yoki suv, 1 bosh piyoz, 1 donadan sabzi va bulg‘or qalampiri, o‘simlik yog‘i, tuz, ziravorlar. Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shti qiymasidan «yong‘oq»lar yasang. 2. Piyoz va bulg‘or qalampirini to‘rtburchak shaklda maydalab to‘g‘rang. Sabzini qirg‘ichdan o‘tkazing. Keyin qizdirilgan o‘simlik yog‘ida sabzavotlarni qovuring. Suv yoki sho‘rvaning yarmini soling. Ziravorlarni ham qo‘shib, past olovda qaynating. 3. Endi ugralarni joylaysiz-da, qolgan suyuqlikni quyasiz. Va ustidan qiymali yong‘oqlarni terib, qopqog‘ini yopib, past olovda dimlaysiz. 25 daqiqalarda pishadi. 4 kishilik 40 daqiqa
Manba: "darakchi.uz"
| |
|