Главная » 2020 » Июль » 8 » Iyul oyiga belgilangan to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat bormi?
20:12

Iyul oyiga belgilangan to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat bormi?


O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytiriladi. 

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda yana tomosha, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. 

Oramizda joriy yilning iyul oyiga, xususan 10-11 iyul kunlari yoki 14-15 iyul kunlariga to‘y belgilaganlar, ikki yoshning visol oqshomini 30 kishilik oilaviy davrada o‘tkazilishini intizorlik bilan kutayotganlar talaygina. QALAMPIR.UZ'ga esa iyul oyining ikkinchi o‘n kunligiga belgilangan to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat bormi, degan savol bilan turli murojaatlar bo‘lmoqda.  Xo‘sh, to‘yi oldindan belgilanganlarga ham Respublika maxsus komissiyasining qarori amal qiladimi? QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova ushbu savol bilan mutasaddilarga murojaat qildi. 

“To‘ylar bo‘lmaydi!”, deydi Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov. 

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori joriy yil 30 iyundagi qarori bilan “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarini 30 kishidan ortiq bo‘lmagan tartibda o‘tkazishga ruxsat berilgan edi. Ushbu qaror joriy yilning 10 iyulidan o‘z kuchini yo‘qotadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: belgilangan to‘ylarni, ruxsat bormi, o‘tkazishga, Iyul oyiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz