19:09 Jahon mamlakatlari Eronga yordam ko‘rsatishga qaror qildi | |
Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya koronavirusga qarshi kurashishga yordam tariqasida 5 million yevro miqdorida Eronga yordam ko‘rsatdi. Bu haqida Birlashgan Qirollik ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda aytib o‘tilgan. "Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eronda COVID-19 bilan kasallangan har bir kishiga o‘zining hamdardligini bildiradi. Biz virusning Eronga tarqalishining oldini olish uchun moddiy va moliyaviy yordam taklif etamiz", deyiladi uch tomonlama bayonotda. "Zarur mahsulotlar 2 mart kuni shoshilinch ravishda yetkazib beriladi. Ular o‘z ichiga laboratoriya tahlillari uchun uskunalar, shuningdek, boshqa himoya kostyumlari va qo‘lqoplarini o‘z ichiga oladi", deyiladi bayonotda. London, Parij va Berlin Tehronga "Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMTning boshqa agentliklari orqali 5 million yevro miqdorida shoshilinch qo‘shimcha moliyaviy yordam" berishga va’da berdi. Shu bilan birga, uchta mamlakat " COVID-19’ning tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha global sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 89 840 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3061 kishi vafot etdi. 45 390 bemor shifo topgan. Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80026 bemor – 2912 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (4335 – 26), Italiya (1696 – 34), Eron (1501 – 66), Yaponiya (256 – 6).
Manba: "qalampir.uz"
| |
|