Главная » 2022 » Август » 23 » "Jama Music" - Musiqiy leybli haqida
21:00

"Jama Music" - Musiqiy leybli haqida


"Jama Music" - Musiqiy leybli haqida
"Jama Music” leybli ayni vaqtda Oʼzbekistondagi eng mashhur leybl boʼlib, u 2006 yil tashkil topgan. “Jama Music” ning tashkil topishiga ijodkorlar Jamshid Gaffarov va Jamshid Shodiev sababchi boʼlishgan. Ular oliygohda tahsil jarayonida tanishib qolishgan va ularda mazkur leyblni tashkil etish gʼoyasi paydo boʼlgan. Har ikki asoschining ismlari Jamshid boʼlganligi uchun ham, ular bu leyblni “Jama Music” deb nomlashgan. Leybl yaratilgach, uning asoschilari qoʼshiqlar uchun sheʼr yozib, musiqa bastalab, aranjirovka qilib, sanʼatkorlarga sotish niyatida boʼlganlar. Shu tarzda 2006 yildan “Jama Music” ning ijodiy faoliyati boshlangan va bu leybl bugungi kunda Oʼzbekistondagi sanʼatkorlar eng koʼp murojaat qiladigan leybllar ichida yetakchisi hisoblanadi. 
“Jama Music” ijodkorlari shu kungacha juda taniqli, mashhur sanʼatkorlarga, jumladan, Shaxzoda, Ozoda Nursaidova, Lola, Nilufar Usmonova, Rayhon, Munisa Rizaeva, Davron Ergashev, Rashid Xoliqov va boshqa koʼplab taniqli estrada xonandalariga qoʼshiq soʼzlarini yozib, aranjerovka qilib, musiqa bastalab kelishmoqda. 
2019-2020 yillarda “Jama Music” leyblining rivojlanishi uchun, uning asoschilari tomonidan Youtube tarmogʼida “Jama Music” nomli kanal ochildi. Bu juda ham omadli kanal boʼlib, hozirda ham faoliyati jadal ravishda davom etmoqda. Qolaversa, boshqa internet tarmoqlarida ham, “Jama Music” profillari ochilgan. Shundan soʼng, mazkur leybl ostida yangi nom, yangi xonandalarni loyiha sifatida kashf etish yoʼlga qoʼyildi. Bugungi kunda “Jama Music” leybli loyihasi sifatida bir necha xonandalar faoliyat yuritishmoqda. Jumladan, Аdiz, Uz Tim, Bekzod Soipov va boshqalar. 
2019-2020 yillarda “Jama Music” leybli ostida yangi qoʼshiqlar chiqarilishi boshlandi. Bu qoʼshiqlar Youtube tarmogʼining “RizaNova” kanali va boshqa internet kanallariga chiqarildi. Shuningdek, radiotoʼlqinlarda ham yangray boshladi. Jumladan, “Jama Music”ning “Faryod” qoʼshigʼi tinglovchilarga taqdim etildi va unga videoklip suratga olindi. Shundan soʼng, “Jama Music” tomonidan “Seni sevaman” qoʼshigʼi yaratildi. Bu qoʼshiq tinglovchilarga manzur boʼldi. 
“Jama Music” ning navbatdagi yangi ijod mahsuli 2021 yilda yaratilgan “Bobo” qoʼshigʼi boʼldi. Bu qoʼshiq ham, “Jama Music” muxlislari tomonidan yaxshi kutib oldi va ularni yanada kuchli ijod qilishga undadi. 
Shu kungacha “Jama Music” tomonidan muxlislar tomonidan iliq qabul qilingan koʼplab taronalar, radiotoʼlqinlari va internet tarmoqlari orqali jarang sochib kelmoqda. 
2022 yil “Jama Music” uchun juda ham omadli keldi. Sababi, aynan shu yili “Jama Music” leybli, oʼzining “Jama Music” nomli ovoz yozish studiyasiga ega boʼldi! Hozirgi kunda mazkur studiyada “Jama Music” dan tashqari, juda koʼplab sanʼatkorlar oʼz ijod mahsuli boʼlgan qoʼshiqlarini yozdirib kelmoqdalar. 
“Jama Music” esa, hozirda oʼz ijodiy faoliyatining qizgʼin pallasida boʼlib, yangi ijodiy gʼoyalar, yangi qoʼshiqlar va tinimsiz izlanishlar bilan band.

Manba: "dimu21"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Jama Music, Musiqiy leybli haqida | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz