Главная » 2019 » Декабрь » 16 » Jamoat joylarida chekuvchilardan qancha jarima undirilgani maʼlum boʻldi
22:47

Jamoat joylarida chekuvchilardan qancha jarima undirilgani maʼlum boʻldi


Oʻzbekistonda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilgan 145 957 nafar fuqarolardan davlat foydasiga 4 mlrd 883 mln 650 ming 793 soʻm jarimalar undirilgan.

  Jamoat joylarida chekuvchi kashandalar davlat foydasiga 4 mlrd 883 mln 650 ming 793 soʻm jarima toʻladi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

Oʻzbekistonda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilgan 145 957 nafar fuqarolardan davlat foydasiga 4 mlrd 883 mln 650 ming 793 soʻm jarimalar undirilgan. Bu haqda AOKAda IIV tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi Baxtiyor Berdialiyev maʼlum qildi.   

Bundan tashqari Toshkentda yuz bergan 25 612 ta holatda MJTKning 187-moddasi buzilgan. Ushbu koʻrsatkich respublika boʻyicha 119 526 holatni tashkil etib, huquqbuzarlardan davlat hisobiga 3 mlrd 84 mln 634 mingdan ortiq jarima undirilgan.

Fuqarolarning xonaki usulda oʻtkir spirtli ichimliklarni tayyorlash va sotish holatlari boʻyicha esa Respublika boʻyicha 194  holat kuzatilgan. Mazkur holatlar Toshkent viloyatida 16 ta, Jizzaxda esa 105 tani tashkil etgan.

Tamaki hamda spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosi yuzasidan esa 550 ta holat aniqlanib, huqubuzarlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish uchun vakolatli idoralarga yuborilgan.

Shuningdek, taʼlim, sport va diniy muassasalaridan ikki yuz metrdan kam radiusda alkogol savdosini amalga oshirgan 697 ta yuridik hamda 1812 nafar jismoniy shaxslar rasman ogohlantirilgan.



 

Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz