11:45 Jiru Fransiya TJda Anrining rekordini yangilab eng keksa to‘purarga aylandi | |
Olivye Jiru Fransiya terma jamoasi safida 50 va 51-gollarni kiritdi. Hujumchi JCh-2022 doirasida Avstraliyaga qarshi o‘yinda ikkita gol yo‘lladi. “Milan”ning 36 yoshli futbolchisi o‘z terma jamoasidagi eng keksa to‘purarga aylandi. Jiru shu tariqa Fransiya terma jamoasi safida gol urish bo‘yicha Tyerri Anri rekordini takrorladi. “Arsenal”ning sobiq futbolchisiningb hisobida ham terma jamoa safida 51 ta gol mavjud.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|