19:38 Jizzaxda hammomda fohishaxona tashkil etgan fuqaroga jinoiy ish ochildi | |
Jizzax shahrida hammomda fohishaxona tashkil etgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tadbirda 1990 yilda Zomin tumanida tug‘ilgan fuqaro G‘.I.ning hammomda fohishaxona tashkil etgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, G‘.I. hammomda ikki kishiga 80 ming so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 131-moddasi (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|