Главная » 2022 » Август » 1 » Jizzaxda oldingi jinoyatining jazosi tugamagan shaxs odam o‘ldirdi
15:42

Jizzaxda oldingi jinoyatining jazosi tugamagan shaxs odam o‘ldirdi


Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi choyxonalarning birida ikki yigit o‘rtasida yuz bergan janjal oqibatida ulardan biri tan jarohati olib, vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 24 iyul kuni soat 16:00 larda tumanning Alisher Navoiy mahallasida joylashgan choyxonada ikki xo‘randa o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Janjalda Arnasoy tumani Bo‘ston mahallasida yashovchi fuqarosi mast holatda Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning yuziga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan muolajaga qaramay vafot etgan. Marhumning o‘limiga bosh miya jarohati, bosh miyaga qon quyilishi sabab bo‘lgan.

Mazkur jinoyatda gumonlanuvchi Samarqand viloyati hududida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Jizzax IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 2019 yilda transport vositasini olib qochgani uchun sud hukmi bilan 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Joriy yilning 25 may kuni sud qarori bilan jazoning qolgan qismi ahloq tuzatish jazosiga almashtirilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jinoyatining, jazosi, oldingi, shaxs, o‘ldirdi, Jizzaxda, odam, tugamagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz