17:01 Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi | |
«Zomin» turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6201-son, 06.04.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:
Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi. 2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|