20:41 JSST koronavirusga qarshi vaksinalar qachon sinovdan o‘tkazilishini ma’lum qildi | |
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yangi virusga qarshi bir nechta vaksina yaratilmoqda. “Ulardan biri sinov uchun taxminan to‘rt yoki besh oydan so‘ng tanlab olinadi”, — deydi Svaminatan. Shu bilan birga, vaksinadan yarim yildan so‘ng bevosita foydalanish mumkin bo‘ladi. Svaminatanning ta’kidlashicha, olimlar hali koronavirusning ko‘plab jihatlarini aniqlashi kerak: uning manbasi va odamlarga yuqish xarakteri, virusning atrof-muhitga ta’siri, karantin va boshqa cheklov tadbirlarining samaradorligi kabi. 11—12-fevral kunlari Jenevada JSSTning global forumi o‘tkazilib, unda 400 dan ortiq olim ishtirok etdi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|