10:08 JSST vakili koronavirusning eng yaqqol belgisi haqida gapirdi | |
“Kasallangan odamlarning aytishicha, ular yarim kechasi alaxsirab uyg‘ongan va o‘zlarini juda yomon his etgan”, — deydi Xarris. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha bemorlar isitmadan keyin kuchli titroqni ham his etgan. “Kasallikning yaqqol belgisi — isitma va tana haroratining 38 darjadan ham balandroq bo‘lishi”, — degan JSST vakili. Xarrisning aytishicha, COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlarning 90 foizida infeksiya shunday alomatlar bilan boshlangan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|