Главная » 2017 » Август » 21 » «Kalsiy tanqisligini qanday yengish mumkin?»
13:13

«Kalsiy tanqisligini qanday yengish mumkin?»


— Yoshim 25 da. Turmushga chiqmaganman. Keyingi paytlarda tishlarim yemirilayotgani bois shifokorga murojaat qildim. Menda kalsiy darajasi ancha past ekan. Kalsiy bilan boyitilgan vositalarni qabul qilgandan keyin ham bu ko‘rsatkich me’yoriga kelgani yo‘q. Nima qilsam bo‘ladi?

Guljahon, Farg‘ona viloyati.

Savolga shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA javob beradi:

— Kalsiy yetishmasligi charchoq, asabiylik, talvasa, ozg‘inlik, rangparlik, qo‘l uvishishi, yurak muammolariga olib kelishi mumkin. Tanqislik kuzatilgan odamlarning soch va terisi haddan ziyod quruq, yoriluvchan, suyaklari mo‘rt bo‘lib qoladi, burni tez-tez qonaydi. Kalsiy darajasini me’yorga keltirish uchun kamida 2 oy vaqt talab etiladi. Shifokor maslahati va nazorati ostida kalsiy bilan boyitilgan dori vositalarni qabul qilish, ko‘proq ochiq havoda sayr etish va kunjut urug‘i, pishloq, mosh, loviya, no‘xat, tuxum sarig‘i, baliq moyi, suli, salat bargi, bodom, xandon pista, sho‘rdanak, sholg‘om va gulkaram kabi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilishingiz kerak. Kremli pishiriqlar, yog‘li qovurma ovqatlar, gazli ichimliklar, ayniqsa, achchiq qilib damlangan choy kalsiyning qonga singishiga yo‘l qo‘ymasligini ham unutmang.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: «Kalsiy tanqisligini qanday yengish | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz