Главная » 2020 » Июнь » 22 » Karantin markazida fuqaro o‘zini osdi. Nima bo‘lgan edi?
22:03

Karantin markazida fuqaro o‘zini osdi. Nima bo‘lgan edi?


Kecha Yuqorichirchiq tumanidagi «O‘rtasaroy» karantin markazida saqlanayotgan 42 yoshli fuqaro o‘zini o‘zi osgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan bo‘lgan fuqaro S.S. shu yilning 15 iyun kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan tashkil qilingan charter reys orqali «Moskva-Toshkent» yo‘nalishida uchib kelgan barcha yo‘lovchilar qatori Yuqorichirchiq tumanidagi «O‘rtasaroy» karantin markaziga joylashtirilgan.

S.S. avvaliga karantin markazidagi 4 kishiga mo‘ljallangan konteynerga joylashtirilgan. Biroq  o‘zini agressiv tutib, ovqatlanishdan bosh tortib, virusga chalinganini aytib, alohida xonaga joylashtirishni talab qiladi. Uning talabidan kelib chiqib, qolaversa, markazda tinchlikni saqlash maqsadida u alohida xonaga o‘tkaziladi.

Ertasi kuni S.S. psixiatr ko‘rigidan o‘tkazilib, unga «psixoz» tashxisi qo‘yilgan.

Oradan to‘rt kun o‘tgach, ya’ni 20 iyun kuni ertalab, nonushta olib kelgan hamshira fuqaro S.S.ni konteynerga o‘rnaltilgan konditsioner parragiga choyshab bilan o‘zini osgan holda ko‘radi.

Marhumning bo‘yin qismidagi strangulyasion egatdan tashqari boshqa turdagi tan jarohatlari, shuningdek, Virusologiya markazi mutaxassislarining dastlabki xulosasiga ko‘ra, unda «Covid-19» koronavirusi alomatlari aniqlanmagan.

Ayni paytda Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tergovga qadar tekshiruv doirasida fojia sabablarini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyati Rishton tuman IIB boshlig‘iga alohida topshiriq yuborilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Karantin markazida, fuqaro o‘zini osdi. Nima bo‘lgan ed | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz