12:46 Karantin vaqtida avtomobili bor fuqarolarga taksichilik qilish uchun litsenziya beriladmi? | |
O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelgani sababli mamlakatda karantin e’lon qilinib, qator cheklovlar o‘rnatildi. Xususan, Toshkentda joriy yilning 22 martidan barcha turdagi jamoat transportining harakati to‘xtatildi. Jamoat transportining to‘xtatilishi aholi orasida qator savollar tug‘ildi. Shunday savollardan biri jamoat transporti va marshrutlar to‘xtatilishi oqibatida davlat tashkilotlari xodimlari uchun yuzaga keladigan qo‘shimcha noqulayliklarga karshi qanday chora ko‘rilishi haqida bo‘ldi. O‘zbekiston Transport vazirining matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov ushbu savollarga javob berdi.
Ko‘pchilikni qiziqtirgan “transport muammosini zudlik bilan bartaraf etish uchun shaxsiy avtomobili bor fuqarolarga vaqtinchalik litsenziya berish masalasi ko‘rib chiqilganmi”, degan savolga ham javob berildi.
Eslatim o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|