22:38 Karantinga joylashtirilganlardan telefonlari olib qo‘yiladi | |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida koronavirus yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarning shaxsiy buyumlari vaqtincha olib qo‘yilishi belgilandi. Qarorga muvofiq, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qo‘yiladi. Qaror bilan O‘zbekistonda koronavirus xavfi sabab 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|