16:13 Kelinchak salati - mazasiga baho bering! | |
Zarur masalliqlar (8 kishilik): 500 gr. marinadlangan qo‘ziqorin, 400 gr. qisqichbaqa tayoqchalari, 4 donadan qaynatilgan tuxum va bodring, 1 bog‘ kashnich, bitta kichik piyoz, mayonez, tuz. Tayyorlanishi: 1. Tuxum va qisqichbaqa tayoqchasini somoncha shaklida, qolgan masalliqlarni to‘rtburchak qilib to‘g‘rang. Kashnich barglarini maydalang. 2. Barcha masalliqlarni ustma-ust solib, mayonez va tuz bilan aralashtiring. So‘ng likopchaga joylab, 15 daqiqa muzlatgichga qo‘ying. Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|