18:01 Keniyalik 12 yoshli qizcha bir oyda ikki erkakka turmushga chiqdi | |
Keniyada yashovchi oila 12 yoshli qizini bir oy ichida ikki marta erga berdi. Qizchaning birinchi eri 52 yoshda, ikkinchisi esa 35 yoshda ekanligi aytilmoqda, deb yozadi BBC. Birinchi erkak qizcha uchun uning otasiga to‘rtta sigir taklif qilgan, ota to‘yga rozi bo‘lgan. Qizcha yig‘lab, erga tegishni istamasligini ma’lum qilgan. U hatto uydan qochib ketishga uringan, biroq akalari qizchani qattiq kaltaklagan. Bir necha kundan so‘ng qizcha o‘zidan 39 yosh katta erinikidan qochib ketgan, biroq uyga qayta olmasligini anglab, 35 yoshli erkak bilan yashay boshlagan. Ota-ona qochoq qizni izlab topib, uni birinchi eriga qaytarib olib borgan. Vaziyatdan xabar topgan davlat organlari qizni oilasidan olib ketgan. Keniyada voyaga yetmagan o‘smirlarning turmush qurishi taqiqlangan. Qonunni buzganlarga besh yil qamoq jazosi berilishi mumkin. Hozirda qizning otasi va eri qochib ketgan. Mahalliy huquq-tartibot organlarining ta’kidlashicha, ushbu vaziyatda bevosita koronavirus pandemiyasi aybdor. Maktablarning yopilishi va inqiroz oilalarni kun kechirish uchun qizlarini ikki-uchta sigir evaziga erga berishga majbur qilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|